Maxfiylik siyosati
SafeStudy sayti va mobil ilovasi · Oxirgi yangilanish: 2026-yil 20-oktabr
1. Biz kim ekanmiz
SafeStudy — IELTS'ga tayyorgarlik va diqqatni jamlashga yordam beruvchi Android ilovasi. Ushbu hujjat ilova qanday ma'lumot to'plashini, nima uchun to'plashini va uni qanday himoya qilishini tushuntiradi.
Aloqa: support@safestudy.uz
2. Qanday ma'lumot to'planadi
| Ma'lumot turi | Nima uchun | Qayerda saqlanadi |
|---|---|---|
| Email va telefon raqami (yoki Telegram login) | Hisobingizni yaratish va tizimga kirish | Serverimizda |
| Qurilmadagi o'rnatilgan ilovalar ro'yxati | Siz cheklamoqchi bo'lgan ilovalarni tanlashingiz uchun ro'yxatni ko'rsatish | Faqat qurilmangizda |
| Ilovalardan foydalanish vaqti | Kunlik cheklovlarni hisoblash va statistika ko'rsatish | Faqat qurilmangizda |
| Yechilgan testlar soni, o'quv natijalari | Progressni ko'rsatish va daraja aniqlash | Qurilmangizda va serverimizda |
| Writing (insho) matnlari | AI orqali baholash va xatolarni ko'rsatish | Baholash uchun serverimizga, u yerdan Google Gemini xizmatiga yuboriladi |
| AI Chat savollari va AI Ustoz suhbatlari (matn shaklida) | Savolga javob berish, suhbatni eslab qolish va o'qishni davom ettirish | Serverimizda saqlanadi. AI Chat javobi va AI Ustoz xotira xulosasi uchun DeepSeek xizmatiga (u ishlamasa Google Gemini'ga), AI Ustozning ovozli javobi uchun Google Gemini'ga yuboriladi |
| To'lov buyurtmalari (summa, tarif, sana) | Obunani faollashtirish va hisob-kitob | Serverimizda |
| Qurilma nomi | Hisobingizga qaysi qurilmadan kirilganini ko'rsatish | Serverimizda |
Biz to'plamaydigan narsalar
- Joylashuv (GPS) ma'lumotlari
- Kontaktlar, SMS yoki qo'ng'iroqlar tarixi
- Kamera yoki galereya tasvirlari
- Boshqa ilovalardagi shaxsiy yozishmalaringiz
- To'lov kartangiz raqami — u faqat to'lov tizimida (Click yoki Google Play) qoladi
3. Maxsus ruxsatnomalar
3.1. Qulaylik xizmati (Accessibility Service)
SafeStudy AccessibilityService ruxsatidan faqat bitta maqsadda
foydalanadi: siz o'zingiz cheklangan deb belgilagan ilova ochilganini aniqlash va o'sha
paytda o'quv topshirig'ini ko'rsatish.
Bu xizmat orqali quyidagilar o'qilmaydi, saqlanmaydi va uzatilmaydi:
- Ekrandagi matn yoki tasvirlar
- Siz kiritayotgan matn, parollar yoki qidiruv so'rovlari
- Boshqa ilovalardagi yozishmalar yoki shaxsiy ma'lumotlar
Xizmat faqat oldinda qaysi ilova ochiq ekanini biladi va bu ma'lumot qurilmadan tashqariga chiqmaydi. Ruxsatni istalgan vaqtda Android sozlamalaridan o'chirishingiz mumkin — ilovaning o'quv qismi ishlashda davom etadi.
3.2. O'rnatilgan ilovalar ro'yxati
Ilova telefoningizda ish stolida belgisi bor ilovalar ro'yxatini ko'rsatadi — siz qaysi ilovani cheklashni tanlashingiz uchun. Ro'yxat faqat qurilmangizda qoladi va serverga yuborilmaydi.
3.3. Foydalanish statistikasi (Usage Access)
Qaysi ilova bugun qancha ishlatilganini hisoblab, kunlik limitni tekshirish uchun. Natija faqat qurilmangizda qoladi.
3.4. Mikrofon
Android ilovasi mikrofon ruxsatini so'ramaydi: talaffuz mashqida telefoningizning o'z ovozli kiritish oynasi ochiladi va ovozni o'sha tizim xizmati qayta ishlaydi. Saytdagi Speaking mashqida mikrofon faqat siz yozishni boshlaganingizda, brauzer ruxsati bilan ishlatiladi.
3.5. Ekran ustida ko'rsatish (SYSTEM_ALERT_WINDOW)
Cheklangan ilova ochilganda topshiriq oynasini ko'rsatish uchun.
4. Cheklovlarni kim boshqaradi
SafeStudy ilovasidagi cheklovlarni faqat foydalanuvchining o'zi qo'yadi va o'zgartiradi (ixtiyoriy PIN-kod bilan). Ilova tashqaridan boshqarilmaydi va foydalanish ma'lumotlarini boshqa shaxsga — jumladan Telegram orqali — yubormaydi.
5. Uchinchi tomon xizmatlari
| Xizmat | Nima uchun | Nima uzatiladi |
|---|---|---|
| Google Gemini | IELTS Writing va Speaking javoblarini baholash | Faqat siz yozgan insho/javob matni. Ismingiz yoki emailingiz yuborilmaydi |
| DeepSeek | AI Chat javoblari, so'z tarjimasi, shaxsiy o'quv tahlili va AI Ustoz suhbatining xotira xulosasi | Chat savoli va oldingi xabarlar, profil ismingiz va suhbat xulosasi; tarjima uchun so'z va gap; tahlil uchun test natijalari (ismsiz); AI Ustoz suhbatining matni (ovoz yozuvi emas). Emailingiz va telefon raqamingiz yuborilmaydi. DeepSeek ishlamasa xuddi shu ma'lumot Google Gemini'ga yuboriladi |
| Telegram | @safestudyuz_bot orqali kirish kodini olish | Telegram ID va ismingiz (bot orqali kirganingizda) |
| Click / Google Play | To'lovni qabul qilish | To'lov summasi va buyurtma raqami. Karta ma'lumotlari bizga kelmaydi |
6. Ma'lumot qancha saqlanadi
- Hisob ma'lumotlari — hisobingiz mavjud bo'lgunicha
- To'lov yozuvlari — qonun talab qilgan muddat davomida
- Foydalanish statistikasi — qurilmangizda, siz o'chirmaguningizcha
- Writing matnlari — baholangandan keyin saqlab qolinmaydi
7. Sizning huquqlaringiz
Istalgan vaqtda quyidagilarni so'rashingiz mumkin:
- Sizga tegishli ma'lumotlarning nusxasini olish
- Ularni to'g'rilash
- Hisobingizni va barcha ma'lumotlaringizni o'chirish
Buning uchun support@safestudy.uz manziliga yozing. So'rovingizga 30 kun ichida javob beramiz. Hisobni o'chirish tartibi alohida sahifada: safestudy.uz/hisobni-ochirish (ilovada: Profil → Xavfsizlik → Hisobni o'chirish).
8. Bolalar maxfiyligi
Ilova o'quvchilar tomonidan ishlatilishi mumkin. 18 yoshga to'lmagan foydalanuvchilar uchun ota-ona yoki vasiy roziligi talab qilinadi. Biz bolalardan zarur bo'lganidan ortiq ma'lumot to'plamaymiz va ularning ma'lumotlarini reklama uchun ishlatmaymiz.
9. Xavfsizlik
Server bilan barcha aloqa HTTPS orqali shifrlangan holda amalga oshiriladi. Parollar ochiq ko'rinishda saqlanmaydi. Shunga qaramay, internetda uzatishning 100% xavfsizligini hech kim kafolatlay olmaydi.
10. O'zgarishlar
Ushbu siyosat o'zgarsa, yangilangan matn shu sahifada e'lon qilinadi va yuqoridagi sana yangilanadi. Muhim o'zgarishlar haqida ilova orqali xabar beramiz.