Rasmiy Digital SAT tuzilishi: 2 ta Reading and Writing moduli (27 savol / 32 daqiqa)
va 2 ta Math moduli (22 savol / 35 daqiqa). Ikkinchi modul birinchisidagi natijaga qarab
avtomatik moslashadi — xuddi Bluebook ilovasidagidek. Har bir savol uchun
o'zbekcha tahlil beriladi.
—
Eng yaxshi
Hali imtihon topshirilmagan
Tugallanmagan imtihon bor
Imtihon tuzilishi
Bo'lim
Modul
Savol
Vaqt
Ball
Reading and Writing O'qish va yozish
1-modul (aralash)
27
32 daqiqa
200–800
2-modul (adaptiv)
27
32 daqiqa
Tanaffus — 10 daqiqa
Math Matematika (kalkulyator ruxsat)
1-modul (aralash)
22
35 daqiqa
200–800
2-modul (adaptiv)
22
35 daqiqa
JAMI
98 savol
2 soat 14 daqiqa
400–1600
200Bazadagi savol
4Adaptiv modul
8Ko'nikma domeni
100%O'zbekcha tahlil
Adaptivlik qanday ishlaydi
1-BOSQICH1-modul — hamma uchun bir xilSavollar oson, o'rta va qiyin darajalar aralash keladi. Aynan shu modul sizning darajangizni o'lchaydi.
2-BOSQICH2-modul — natijaga qarab tanlanadiYuqori natija — qiyin modul (yuqori shift), pastroq natija — yengil modul. Tanlovni faqat server qiladi, brauzer emas.
3-BOSQICHBall hisoblanadiTo'g'ri javoblar soni va qaysi yo'nalish berilgani birga hisobga olinadi. 1600 ballga faqat qiyin modul orqali chiqiladi.
SAT ga tayyorgarlik — domen bo'yicha mashq
Mavzuni tanlang — qiyinlik darajasini, savollar sonini va vaqt bilan yoki vaqtsiz ishlashni o'zingiz belgilaysiz.
Ko'rilgan savollar eslab qolinadi, shuning uchun har safar yangi savollar keladi; javobdan keyin har biriga o'zbekcha izoh chiqadi.
Bepul tarifda kuniga 5 ta mashq to'plami.
Imtihon strategiyasi
Vaqtni savolga bo'lingRW: har savolga ~71 soniya. Math: ~95 soniya. Qiyin savolga 2 daqiqadan ortiq sarflamang — belgilab qo'yib, oxirida qayting.
Variantlarni o'chiringImtihon ichidagi "Variantni o'chirish" tugmasi bilan noto'g'ri javoblarni chizib tashlang: to'g'ri javobni topish osonlashadi.
Bo'sh qoldirmangSAT'da noto'g'ri javob uchun ball ayirilmaydi. Vaqt tugashidan oldin barcha savolga javob belgilang.
RW: avval savolni o'qingMatn qisqa (25–150 so'z). Avval savolni ko'ring, keyin matnni shu savol nuqtai nazaridan o'qing.
Math: kalkulyator hamma joydaButun Math bo'limida kalkulyator ruxsat etiladi, lekin oddiy hisobni qo'lda qilish tezroq. SPR javobini formatga moslang.
1-modulga jiddiy yondashingAynan u 2-modulni va shift ballni belgilaydi. Boshida shoshilib xato qilish yakuniy ballni pasaytiradi.
Mening urinishlarim
Yuklanmoqda…
Ko'p so'raladigan savollar
SAT nima va kimga kerak?SAT — AQSH va boshqa mamlakatlar universitetlariga kirishda talab qilinadigan standart imtihon. 2024-yildan buyon butun dunyoda faqat raqamli (Digital SAT) shaklda, Bluebook ilovasida topshiriladi.
Yaxshi ball qanday bo'ladi?Umumiy ball 400–1600. 1200+ — kuchli natija, 1400+ — reytingi yuqori universitetlar uchun raqobatbardosh. Har bo'lim alohida 200–800 ball.
Bu simulyator rasmiy imtihonga o'xshaydimi?Ha: modul tuzilishi, savollar soni, vaqt, adaptiv o'tish, SPR javoblari va kalkulyator — barchasi rasmiy formatga mos. Savollar SafeStudy tomonidan shu format bo'yicha yozilgan.
XP olamanmi?Ha. To'liq imtihon uchun 150 XP + har bir to'g'ri javobga 15 XP, mashqlar uchun esa har to'g'ri javobga 20 XP beriladi.
Reading and Writing
1-modul · 27 savol
32:00
Tanaffus
Reading and Writing bo'limi tugadi. Rasmiy imtihonda bu yerda 10 daqiqalik tanaffus beriladi.