IELTS Full Mock Test IELTS Reading IELTS Listening IELTS Speaking IELTS Writing

IELTS Academic · kompyuterda topshiriladigan format

IELTS Mock imtihoni

Haqiqiy imtihon tartibi va vaqti bilan: Listening, Reading, Writing va ovozli AI Examiner bilan Speaking. Oxirida — band ball, har bir xato bo'yicha aniq tahlil, 7 kunlik reja va tekshiriladigan sertifikat.

Imtihon formati
  • 2 soat 45 daqiqato'liq imtihon
  • 80 savolListening + Reading
  • AI ExaminerWriting va Speaking

Bo'lim bo'yicha mashq

Listening

4 part · 40 savol · ~30 daqiqa. Audio bir marta eshittiriladi.

Reading

3 matn · 40 savol · 60 daqiqa. Har safar hali ishlanmagan test.

Writing

Task 1 + Task 2 · 60 daqiqa. AI imtihonchi 4 mezon bo'yicha baholaydi.

Speaking

3 part · 11–14 daqiqa. Examiner savollarni ovozda beradi, siz gapirasiz.

Test kutubxonasi

Istalgan testni tanlab ishlashingiz mumkin, natijangiz shu yerda ko'rinadi. To'liq mockda har safar hali ishlanmagan test beriladi.

Listening — har biri 4 part, 40 savol

Reading — har biri 3 matn, 40 savol

Imtihon formati va baholash

Imtihonga kirishdan oldin har bo'lim qanday tuzilganini, qaysi savol turlari kelishini va ball qanday hisoblanishini bilib oling.

Listening — 4 part, 40 savol, ~30 daqiqa

Tuzilishi

  • Part 1 — kundalik vaziyatdagi ikki kishi suhbati (masalan, joy band qilish). Ko'pincha forma yoki jadval to'ldiriladi.
  • Part 2 — kundalik mavzuda bir kishining nutqi (ekskursiya, tadbir). Xarita/plan va test savollari.
  • Part 3 — o'qish bilan bog'liq 2–4 kishining muhokamasi. Fikrlarni ajratish, moslashtirish.
  • Part 4 — akademik ma'ruza, tanaffussiz. Odatda qaydlar (notes) to'ldiriladi.

Muhim qoidalar

  • Audio faqat bir marta eshittiriladi. Har part oldidan savollarni o'qish uchun vaqt beriladi.
  • Kompyuterda javobni darhol yozasiz; oxirida tekshirish uchun 2 daqiqa beriladi.
  • Imlo xatosi bo'lsa javob noto'g'ri. So'z chegarasiga (masalan, NO MORE THAN TWO WORDS) qat'iy amal qiling.

Savol turlari

  • Form / table / notes completion — bo'shliqni eshitgan so'zingiz bilan to'ldirish.
  • Multiple choice — A, B, C dan bittasini yoki ro'yxatdan ikkitasini tanlash.
  • Map / plan labelling — xaritadagi joyni harfi bilan belgilash.
  • Matching — fikr yoki xususiyatni variantlar ro'yxati bilan moslashtirish.

Ball jadvali

Reading (Academic) — 3 matn, 40 savol, 60 daqiqa

Tuzilishi

  • Kitob, jurnal va gazetalardan olingan 3 ta uzun matn; har biri oldingisidan qiyinroq.
  • Javoblarni yozish uchun qo'shimcha vaqt berilmaydi — 60 daqiqa ichida hammasi.
  • Tavsiya: 17 / 20 / 23 daqiqa. Bitta savolda 90 soniyadan ortiq qolmang.

Eng ko'p xato qilinadigan joy

  • FALSE — matnda savolga ZID fikr bor. NOT GIVEN — matnda bu haqda ma'lumot YO'Q.
  • Javob matndagi so'zni aynan takrorlamaydi — sinonim yoki boshqacha ifoda bilan beriladi.

Savol turlari

  • Matching headings — har paragrafga mos sarlavha.
  • True / False / Not Given, Yes / No / Not Given — fakt yoki muallif fikri.
  • Matching information / features / sentence endings — ma'lumotni paragraf, shaxs yoki gap oxiri bilan moslash.
  • Sentence / summary / notes completion — matndagi so'z bilan bo'shliq to'ldirish.
  • Multiple choice va short answer.

Ball jadvali

Writing — 2 task, 60 daqiqa

Task 1 — kamida 150 so'z, ~20 daqiqa

  • Grafik, jadval, diagramma, jarayon yoki xaritani o'z so'zlaringiz bilan tasvirlaysiz.
  • Albatta umumiy xulosa (overview) bo'lsin — usiz Task Achievement 5 dan oshmaydi.
  • Fikr bildirilmaydi, faqat ma'lumot taqqoslanadi.

Task 2 — kamida 250 so'z, ~40 daqiqa

  • Berilgan fikr yoki muammo bo'yicha akademik insho.
  • Savolning har bir qismiga javob bering, pozitsiyangiz aniq bo'lsin.
  • Task 2 umumiy Writing balliga Task 1 dan ikki baravar ko'p ta'sir qiladi.

4 baholash mezoni (har biri teng)

  • Task Achievement / Response — topshiriq to'liq bajarilganmi.
  • Coherence & Cohesion — mantiqiy tartib, paragraflar, bog'lovchilar.
  • Lexical Resource — so'z boyligi va aniqligi.
  • Grammatical Range & Accuracy — gap tuzilishi xilma-xilligi va xatolar.

Mock'da insholaringizni AI imtihonchi IELTS band deskriptorlari asosida baholaydi va har mezonga inshodan iqtibos keltiradi.

Speaking — 3 part, 11–14 daqiqa

Tuzilishi

  • Part 1 (4–5 daqiqa) — o'zingiz, uy, o'qish, qiziqishlar haqida qisqa savollar.
  • Part 2 (3–4 daqiqa) — kartochkadagi mavzu: 1 daqiqa tayyorgarlik, 2 daqiqagacha gapirish.
  • Part 3 (4–5 daqiqa) — Part 2 mavzusi bo'yicha chuqurroq, mavhum savollar.

Maslahat

  • Javobni kengaytiring: fikr → sabab → misol. "Yes/No" bilan to'xtab qolmang.
  • Yodlangan matn sezilsa ball pasayadi — savolning o'ziga javob bering.

4 baholash mezoni

  • Fluency & Coherence — ravonlik va fikrlarning bog'liqligi.
  • Lexical Resource — mavzuga mos so'z va iboralar.
  • Grammatical Range & Accuracy — grammatika xilma-xilligi va aniqligi.
  • Pronunciation — tushunarli talaffuz, urg'u va ohang.

Mock'da examiner savollarni ovozda beradi, javoblaringiz yozib olinadi va ovozning o'zidan — talaffuz ham — baholanadi.

Umumiy ball qanday hisoblanadi

Umumiy band — to'rt bo'lim ballarining o'rtachasi, eng yaqin 0.5 ga yaxlitlanadi. O'rtacha .25 bilan tugasa yuqoriga (.5 ga), .75 bilan tugasa keyingi butun songa yaxlitlanadi.

Misol: Listening 7.0, Reading 6.5, Writing 6.0, Speaking 6.5 → o'rtacha 6.5 → umumiy 6.5. Listening 6.5, Reading 6.5, Writing 5.5, Speaking 6.0 → o'rtacha 6.125 → umumiy 6.0.

Mock natijasi tayyorgarlik darajangizni ko'rsatadi; rasmiy IELTS natijasi faqat akkreditatsiyalangan imtihon markazida beriladi.

Mock natijasi

Sizning IELTS Band Ballingiz

7.5

Ajoyib natija! Siz C1 (Good User) darajasidasiz.

Listening

7.5
33 / 40 to'g'ri

Reading

8.0
35 / 40 to'g'ri

Writing

7.0
Task 1 + Task 2 AI

Speaking

7.5
Part 1-3 AI Voice
space_dashboard Boshqaruv Paneliga Qaytish
Nomzod IELTS Mock
30:00 qoldi
cloud_doneAvto-saqlash yoqilgan
Part 1